Sotuvchi va xarid shartlari

1. Sotuvchi

PenoDecorPro — YaTT Kobulov Muzaffarbek Ravshan oʻgʻli

Manzil: Andijon viloyati, Andijon shahri, Sanoat koʻchasi, 134a-uy

Ish vaqti: dushanba–shanba, 8:00–18:00.

2. Buyurtma qanday beriladi

  • Tovarni tanlab savatga qoʻshasiz, ismingiz va telefon raqamingizni yozib, «Buyurtma berish» tugmasini bosasiz. Bu paytda hech narsa toʻlamaysiz.
  • Biz siz yozgan raqamga qoʻngʻiroq qilib, buyurtmani tasdiqlaymiz. Buyurtma shu tasdiqdan keyin kuchga kiradi.
  • Tovar (jumladan «Tayyor mahsulotlar» boʻlimidagi) siz uchun buyurtma tasdiqlangandan keyin ajratiladi.

3. Narx va toʻlov

  • Narxlar saytda soʻmda koʻrsatilgan.
  • Buyurtma tasdiqlangach, summaning 50% i oldindan toʻlanadi.
  • Toʻlov — naqd pul yoki pul oʻtkazmasi orqali. Saytda karta bilan onlayn toʻlov yoʻq.
  • Ulgurji narxlar — biz tasdiqlagan magazinlar uchun.

4. Qaytarish

Tovarda nuqson chiqsa, qoʻngʻiroq qiling — Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq almashtiramiz yoki pulini qaytaramiz. Pul qanday toʻlangan boʻlsa, shu usulda qaytariladi.

5. Shaxsiy maʼlumotlar

  • Buyurtmada: ismingiz, telefon raqamingiz, viloyat, manzil va joylashuv (yozsangiz yoki yuborsangiz), izoh.
  • Telegram orqali kirsangiz — Telegramdagi raqamingiz (ID) va telefon raqamingiz. Usta yoki magazin sifatida roʻyxatdan oʻtsangiz — magazin nomi va shahar yoki tuman.
  • Bu maʼlumotlar faqat buyurtmani tasdiqlash, yetkazib berish va siz bilan bogʻlanish uchun ishlatiladi. Uchinchi shaxslarga berilmaydi — qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
  • Karta raqami va pasport maʼlumotlari soʻralmaydi.
  • Sayt ishlashi uchun brauzeringizda kichik yozuvlar (cookie) saqlanadi: kirganingiz va oxirgi buyurtmalaringiz roʻyxati. Reklama yoki kuzatuv uchun cookie yoʻq.
  • Maʼlumotlaringizni oʻzgartirish yoki oʻchirish uchun qoʻngʻiroq qiling.

Buyurtma berib, siz shu shartlarga rozilik bildirasiz. Oxirgi oʻzgarish: 14.11.2026.